AQOQIYO

AQOQIYO, arab yelimi, gummiarabik — asosan Afrika va Arabistonda oʻsadigan akatsiyadan olinadigan yelim. Ochiq havoda shaffof, moʻrt modda boʻlib qotadi, suvda erib, yopishqoq quyqa hosil qiladi. Aqoqiyo, asosan, arabinat kislotaning kaliy, kalsiy va b. tuzlari qotishmasidir. Sharq tabobatida, jumladan Oʻrta Osiyo tabobatida juda qadimdan dori sifatida ishlatilgan. Tibbiyotda emulsiya, tabletka, habdori tayyorlashda, sanoatda gaz-mollarni ohorlash, turli boʻyoqlar tayyorlashda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x