APOSTERIORI VA APRIORI

APOSTERIORI VA APRIORI (lot. a posteriori — tajribadan soʻng va a priori — tajribagacha) — bilim va uning manbalariga oid falsafiy terminlar. Aposteriori — hissiy bilish orqali tajribadan olingan bilim. Apriori — ongga xos boʻlgan tugʻma bilim. Kant falsafasida bilim bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki qismga — tajribagacha va tajribadan soʻng vujudga keluvchi bilimlarga boʻlib tekshiriladi. Kantda makon va zamon kabi tushunchalar sof apriori tushunchalar hisoblanadi, biroq idroksiz, faqat ular yordamidagina hech qanday bilimga erishish mumkin emas. 20-a. da neokantchilik, pragmatizm va konvensionalizm asosida apriorilikning funksional gʻoyasi deb ataladigan gʻoya vujudga keldi, unga koʻra apriori qoidalari — fandagi ana shu dastlabki farazlar shartlilik, konvensionallik holatini oʻz ichiga oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x