APOLLON — yunon mifologiyasi va dinida olimp xudosi, Zevs va Letoning oʻgʻli, shifo baxsh etuvchi, sohibkaromat va sanʼat homiysi. Apollonga siginish Kichik Osiyoda boshlanib, mil. av. 2-ming yillikda Yunonistonga, u yerdan Rimga tarqalgan. Dastlab choʻponlar homiysi, olmazorlar xudosi deb tanilgan. Uni sheʼriyat va musiqa homiysi sifatida ham eʼzozlashgan. Qad. yunon sanʼatida Apollon qoʻlida oʻq-yoy yoki musiqa asbobi ushlagan yosh yigit qiyofasida tasvirlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые