APOKALIPSIS (yun. apokalypsis — bashorat) — yahudiy va xristian dinlarining yuzaga kelishiga oid diniy adabiyot namunalaridan biri; ilohiy karomatli rivoyatlar. Yahudiy va xristian dinining paydo boʻlishi jarayonida diniy karomat xususiyatiga ega boʻlgan koʻp yozuvlar vujudga kelgan, lekin ulardan faqat bittasi — «Ioann (Yuhanno) karomati» xristianlikda Bibliya kanoniga kiritilgan, qolganlari: «Qadimgi ahd» asarlaridan Yezdra va Varux Apokalipsislari, «Yangi ahd» adabiyotidan Petr, Mess, Zostrian karomatlari va h. k. apokrif (soxta) deb eʼlon qilingan. Shuning uchun Apokalipsis termini xristian anʼanasida faqat «Ioann karomati» (68 — 69-y. larda tuzilgan) ga nisbatan ishlatiladi. «Ioann karomati» oʻz mazmuni bilan «Qadimgi ahd» yozuvlariga yaqin. Shunday boʻlsada yirik ruhoniylar (mas, Lyuter, Svingli) Apokalipsisga gumon bilan qaraganlar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые