APENNIN TOGʻLARI

APENNIN TOGʻLARI — Italiyadagi togʻlar, Apennin ya. o. shim.-gʻarbi (Alp togʻlari)dan jan.-sharqqa (Kalabriyagacha) choʻzilgan. Apennin togʻlarining uzunligi Kalabriya togʻlarini ham qoʻshib hisoblaganda 1200 km. Apennin togʻlari oʻrtacha balandlikdagi, yon bagʻirlari yotiq togʻlar. Eng baland nuqtasi 2914 m (Korno togʻi). Togʻlar, asosan, qumtosh, gil va ohaktoshlardan iborat, lava qoplamlari uchraydi. Harakatdagi va oʻchgan vulkanlar bor (Vezuviy va b.). Binokorlik materiallari (asosan, marmar) koʻp. Iqlimi subtropik, Oʻrta dengiz atrofiga xos iqlim. Gʻarbiy yon bagirlarda yillik yogʻin 1000 — 2000 mm, sharqida, togʻ oraligʻi havzalarida 600 — 800 mm. Apennin togʻlaridan Tibr, Arno va b. daryolar boshlanadi. Mineral buloklar bor. Yon bagʻirlarining quyi qismi zaytunzor, tokzor, sitrus ekinlari va doim yashil dubzorlar bilan band; yuqorida kashtan, dub, kora qayin hamda igna bargli daraxtlar oʻsadi. Eng baland qismi yaylov sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x