APELLYATSIYA

APELLYATSIYA (lot. appellatio — murojaat qilish; shikoyat qilish; norozilik bildirish) — sud hukmi ustidan shikoyat arizasi berishning bir shakli. Apellyatsiya Fransiya jinoyat-protsessual kodeksiga (1808-y.), jahonning boshqa koʻpchilik davlatlari jinoyat-protsessual qonunlariga kiritilgan. OʻzRda 1994-y. 22 sent. da qabul qilingan va 1995 yil 1 apr. dan amalga kiritilgan Jinoyat-protsessual kodeksida ushbu tartib koʻrsatilmagan, ammo Apellyatsiya tartibida ish koʻrishning ayrim aniq masalalariga oid qismlari yangi JPKning 490-moddasida nazarda tutilgan qoidaga koʻra, Apellyatsiya kassatsiya instansiyasida ish koʻradigan sudda qoʻllaniladi. Sud hukmi ustidan Apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoʻl qoʻyilgan davlatlarning jinoyat-protsessual qonunida Apellyatsiya tushunchasi 2-bosqich sudida jinoyat ishini mazmunan hal qilish uchun yangidan koʻrish mumkinligini bildiradi. Apellyatsiya sudi (2-bosqich sudi) hukmning qonuniyligi va asosligini faqat shikoyat (protest)da koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tekshiradi. Apellyatsiya sudi ishdagi yozma materiallarga tayanib, oʻz qarorini qabul qiladi. Bu sudda 1-instansiya sudida soʻroq qilingan guvoxlar takroran soʻroq qilinmaydi, dalillarni bevosita va ogʻzaki tekshirish, sud ishlarini yuritishdagi tortishuv, mahkumni himoya huquqi bilan taʼminlash va ishni uzoq muddat davomida koʻrishdek holatlar chegaralanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x