APATIT

APATIT (yun. apatao — aldayman) — fosfatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibida R2O5 ning miqdori 42%. Aralashmalari: SO2, Mp, kamyob f elementlari, U, Sr va b. Oq, zangori, sariq, binafsha rang va b. rangdagi kristall va donador agregatlar. Qattiqligi 5. S. og. 3,2. Kimyoviy tarkibiga qarab Apatit ftorapatit, gidroksilapatit va xlorapatitga boʻlinadi. Apatit magmatik, gidrotermal, pnevmatolit yoʻl bilan hosil boʻladi. Baʼzan Apatit kvars yertomirlarida va kristalli slaneslarda ham uchraydi. Choʻkindi jinslarda Apatit guruhiga kiradigan minerallar fosforitlar va qazilma suyaklar shaklida uchraydi. Apatit oʻgʻit, fosfor kislota va uning tuzlarini olishda xom ashyo; qora va rangli metallurgiyada hamda keramika va xira oyna i. ch. da qoʻllaniladi. Kamyob yer elementlari qoʻshilgan sintetik Apatit optikada qoʻllaniladi. Oʻzbekistondagi fosforitlarning asosiy qismi Apatit dir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x