ANUSHTEGINIYLAR, xorazmshohlar — oʻzbek davlatchiligi tizi-midagi yirik sulolalardan biri (1097—1231). Anushtegin nomidan olingan. Anushteginiylar xorazmshoh unvoni bilan davlatni idora qilishgan (yana q. Xorazm). 12-a. oxiri — 13-a. boshlari Oʻzbekiston tarixining muhim davri boʻlib, unda bu mintaqa Sharqda eng kuchli Anushteginiylar davlatining markaziga aylandi. Anushteginiylar Islom olamida hukmron mavqega ega boʻlish uchun Abbosiylar xalifaligi bilan raqobat qildilar. Bu davrda Anushteginiylarning qudrati shu darajada ortdikl, hatgo ular endi «xorazmshoh» degan unvonni ep koʻrmay, oʻzlarini «sulton» deb atay boshladilar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые