ANUSHTEGIN

ANUSHTEGIN (? – 1097) — anushteginiylar (1097—1231) bobokaloni. Oʻgʻuzlarning Bekdili urugʻidan. Yoshligida Garchistonda (Murgʻob vohasi) saljuqiy sipoxsolor Izzuddin Oʻnar Bilgategin (7—1098) ga gʻulom (q. Gʻulomlar) qilib sotib yuborilgan. Soʻng, u sidqidil qilgan xizmatlari evaziga Malikshoh saroyida tashtdorlik mansabiga koʻtarilgan. Oʻsha davrda Xorazmni idora qilish ham shu mansab vazifalari doirasiga kirgan boʻlib, Xuroson amiri Dodbek Habashiy, Anushtegin vafot etgach, uning oʻgʻli Qutbiddin Muhammadnm Xorazm voliysi etib tayinlagan va unga xorazmshoh unvonini bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x