ANTUAN

ANTUAN (Antoine) Andre (1858.31.1, Limoj — 1943.9.10, Puligen) — fransuz aktyori, rejissyori, teatr nazariyotchisi. Erkin teatr (1887 — 94), Antuan teatri (1897 — 1906) ni tashkil etib, ularga rahbarlik qilgan. 1906 — 14 y. larda Antuan «Odeon» teatrida direktorlik, rejissyorlik qildi. Teatr tanqidi va kino sanʼati bilan shugʻullandi. Antuan teatrning xalqchil va haqqoniy boʻlishi uchun kurashdi. Antuanning estetik qarashlari, xususan, uning aktyorlik faoliyatida toʻlaligicha namoyon boʻldi. Asosiy rollari: Akim («Zulmat hukmronligi»), Osvald («Sharpa»), Kuzovkin («Tekinxoʻr»). U Erkin teatr artistlari bilan Yevropa va Rossiya boʻylab gastrolda boʻldi. Antuanning «Kundaliklar» kitobi nazariy va tarixiy qimmatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x