ANTROPOMETRIYA

ANTROPOMETRIYA (antropo… va yun. metreo — oʻlchayman) — antropologiyaning tekshirish usullaridan biri. U odam organizmi aʼzolarining hamma belgilari (uzunligi, eni, qalinligi, shakli, rangi va h. k.) oʻzgarib turishini miqdoriy tomondan tavsiflab beradi. Olingan maʼlumotlar organizm ning ayrim boʻlaklari (bosh, boʻyin, koʻkrak qafasi, qorin va chanoq qismlari, qoʻl va oyoqlar)ga taqqoslanib, oʻsishi yoki oʻzgarishi kuzatib boriladi. Uzunlik, kenglik va burchak belgilari Antropometriya asboblari (uchi doʻmboq sirkul, sirgʻanuvchi sirkul, koordinatali sirkul, odam boʻyini oʻlchovchi antropometr, burchakni oʻlchovchi goniometr va jagʻni oʻlchovchi mandibulometr va h. k.) yordamida oʻlchanadi. Tana, ayniqsa bosh, yuz, burun, labning oʻlchash mumkin boʻlmaydigan belgilari — rang va shakllari maxsus ishlab chiqilgan shkala va etalonlarga qarab aniqlanadi. Antropometriya maʼlumotlaridan kriminalistikada jinoyatchilarni tavsiflash va aniqlashda ham foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x