ANTROPOGEN OMILLAR, muhitning antropogen omillari — odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va b. tabiat komponentlariga taʼsiri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga taʼsir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayishi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va b. ga olib keladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые