ANTRAXINON

ANTRAXINON (yun. anthrax — koʻmir va hina — kechua xindulari tilida — xinon daraxti poʻstlogʻi) , S14N8O2 — aromatik keton; mol. m. 208,20, sargish kristall; suyuqlanish t-rasi 287°, kaynash t-rasi 377°. Anilin, nitrobenzol va issiq toluolda eriydi. Antraxinon antratsenni oksidlab yoki ftal kislota angidridiga alyuminiy xlorid katalizatorligida benzol taʼsir ettirib olinadi. U turli reaksiyalarga kirisha oladi, lekin oʻrin almashish reaksiyalariga juda qiyin kirishadi. Antraxinon turli oksidlovchilar taʼsirida ishqoriy muhitda alizaringa aylanadi. Antraxinonda karbonil guruhlar borligi tufayli uning xossalari ketonlar va xinonlarning xossalariga oʻxshaydi. Antraxinon antraxinon boʻyoqlar olishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x