ANTRANIL KISLOTA, o-aminobenzoy kislota, rangsiz kristall. Mol. m. 137,14. Suyuqlanish t-rasi 145°. Issiq xloroform, etanol va piridinda yaxshi eriydi. Haydalganda karboksil guruhini yoʻqotib anilinga aylanadi. Eritmalari shirin boʻlib, koʻk fluoressensiyalanish xususiyatiga ega. Antranil kislota ftalimidning ishqoriy eritmasiga natriy gipobromit yoki natriy gipoxlorit taʼsir ettirib olinadi. Sirka kislota eritmasida Antranil kislota kadmiy, kobalt, mis, nikel, rux, molibden, qoʻrgʻoshin va simob bilan ichki kompleks (kam eruvchan) birikmalar hosil qiladi. Uning bu xususiyatidan mazkur elementlar miqdorini aniqlashda foydalaniladi. Antranil kislota turli azoboʻyoklar olish uchun asosiy xom ashyodir. Uning metil efiri atir-upa i. ch. da qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые