ANTONOV Oleg Konstantinovich (1906.25.1, Moskva viloyati – 1984) — rus aviakonstruktori, akad. (1961) va Ukraina FA akad. (1967). Dastlab planyor z-dida bosh konstruktor boʻlib ishlagan, keyinchalik Tajriba-konstruktorlik byurosini boshqargan, samolyotsozlik boʻyicha bosh konstruktorlik qilgan. Antonov samolyotlar va planyorlarning 60 dan ortiq turini, shu jumladan porshenli samolyotlar (An-2 va An-14), turbovintli transport samolyotlari (An-8, AnYUA, An-12, An-22 — «Antey», An-124 — «Ruslan» va b.), yerda deyarli yugurmay parvoz qiladigan va qoʻna oladigan samolyot An-72 ni yaratgan. Antonov ilmiy-konstruktorlik faoliyatini aviatsiya boʻyicha muhandis kadrlar tayyorlash bilan qoʻshib olib borgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые