ANTONIY

ANTONIY Mark (Marcus Antonius) (mil. av. 83 — 30) — Rim siyosiy arbobi va sarkardasi. Antoniy 58 y. da Falastin va Misrga qarshi yurishda shuhrat qozondi. 54 y. da Sezar bilan birga Galliya urushida ishtirok etdi. Respublikachilar tormor qilingandan keyin (42) Antoniy sharqiy viloyatlarga hokim qilib tayinlandi. U yerda Misr malikasi Kleopatraga uylandi. Sharqdagi koʻpgina yerlarni egallab, Kleopatraning bolalariga hamma viloyatlarni taqsimlab berdi. Antoniyning bu ishlaridan norozi boʻlgan senat unga qarshi urush eʼlon qildi. 30 y. da Aksiy burni yonida boʻlgan jangda u Oktavian Avgustdan yengildi. Misrga qochib, u yerda oʻzini oʻldirdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x