ANTITELOLAR

ANTITELOLARimmunitet hosil qiladigan moddalar. Antitelolar teri ostiga yoki tomirga oqsil tabiatli modda (antigen) kiritilganda, unga qarshi hosil boʻladi. Antitelolar, asosan, qon zardobida toʻplanadi. Bunday qon zardobiga kasallik qoʻzgʻatuvchi mikrob toksinidan aralashtirilsa, Antitelolar toksinni neytrallaydi (antitoksinli zardob). A. bor qon zardobiga mikrobning oʻzi aralashtirilsa, zardobdagi Antitelolar mikrobni bir-biriga yopishtirib, gʻuj qiladi (agglyutinatsiya), baʼzan eritib yuboradi (lizis), ayrim hollarda antigenni choʻktiradi (pretsipitatsiya). Antiteloli qon zardoblari, xususan, gamma-globulinlar difteriya, qizamiq, qoqshol, gazli gangrena, gripp va b. kasalliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida keng qoʻllaniladi, sud tibbiyotida ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x