ANTINOMIYA

ANTINOMIYA (yun. antinomia — qonunning ichki ziddiyati) — mantiqiy isbotlanadigan ikki qonun, mulohaza yoki xulosa oʻrtasidagi ziddiyat. Qad. dunyo mutafakkirlari asarlarida Antinomiya aporiya shaklida ishlatilgan. 18-a. da Antinomiya haqidagi taʼlimotni Kant ishlab chiqdi. Uningcha, inson aqli olamning mohiyatini bilmoqchi boʻlsa, bir-biriga zid boʻlgan xulosalarga keladi. Kant fikricha, shu tarzda toʻrtta Antinomiya vujudga keladi: 1. Olam chekli va cheksiz. 2. Har bir murakkab javhar — substansiya oddiy narsalardan tuziladi va hech qanday oddiy narsa yoʻq. 3. Olamda erkinlik mavjud va determinizm hukmronpik keladi. 4. Olamning bosh sababchisi (xudo) mavjud va olamning bosh sababchisi yoʻq. Kantning bu taʼlimoti agnostitsizm bilan bogʻlangan. Antinomiya real olamning dialektik ziddiyatga ega ekanligini ifodalaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x