ANTIMUTAGENLAR

ANTIMUTAGENLAR (yun. anti – qarshi va mutagenlar) — sunʼiy (indutsirlangan) yoki tabiiy (spontan) mutatsiyalarning paydo boʻlishini kamaytirish xususiyatiga ega moddalar. Antimutagen taʼsirga ega boʻlgan preparatlar turli tipdagi kimyoviy birikmalardan iborat: purinli ribozidlar; alifatik poliaminlar; akridin va uning aminli hosilalari; xinakrin va uning analoglari; benzakridin va xinolin hosilalari; antibiotiklar (streptomitsin, xloramfenikol, aktinomitsin D); sulfanilamidli preparatlar; digidropiridinlar va 3-oksipiridinlar; baʼzi aminokislotalar; fenolli birikmalar (gʻallatlar, ionol, parakvatlar, katexinlar); aminopropionli kislotalarning anilidlari va b. Basharti kimyoviy mutagenlar tabiiy (spontan) mutatsiyalarning vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega ekan, demak hujayralarda bu mutagenlar qarama-qarshi taʼsir koʻrsatuvchi antimutagen kuchga ega, ammo asosiy vazifasi mutatsiyalarning tabiiy sodir boʻlish tezligini susaytirishdan iborat bufer tizim ham boʻlishi kerak. Katalaza shunday taʼsirga ega. Katalaza ishtirokida vodorod peroksidining mutagen taʼsiri tezda toʻxtaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x