ANTIMONIT

ANTIMONIT (surma yaltirogi) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Sb2S3. Aralashmalari: Bi, As, Ag, Ai. Qattiqligi 2 — 2,5. S. ogʻ. 4,5 – 4,6. Moʻrt. Rangi poʻlatsimon kulrang. Kristallari ignaga oʻxshash va prizmatik shaklda. Yaxlit massa tariqasida ham uchraydi. Koʻpincha, u kinovar bilan past t-rali (epitermal) konlarda boʻladi. Surma olinadigan asosiy mineral. Antimonitning yirik konlari Yaponiya, Xitoy, Rossiya (Krasnoyarsk oʻlkasi) va Ukrainada; Oʻzbekistonda Fargʻona vodiysi, Qizilqum (Qaqpatos) da uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x