ANTIKOAGULYANTLAR (anti… va lot. coagulatio — ivitmoq) — qon ivishini susaytiruvchi dorilar, ular qon ivishining kuchayishi bilan bogʻliq boʻlgan kasallik holatlarining (trombozlar, tromboemboliyalar, tromboflebitlar) oldini olish va davolash maqsadida ishlatiladi. Antikoagulyantlarning 2 xili farq qilinadi. Bevosita taʼsir etuvchi Antikoagulyantlar (geparin va geparinoidlar) organizmda ham, organizmdan tashqarida ham qon ivishiga toʻsqinlik qiladi, venaga yuborilganda darrov taʼsir koʻrsatadi. Bilvosita taʼsir etuvchi Antikoagulyantlar (dikumarin, neodikumarin, shuningdek, fenilin, omefin va b.) faqat organizmda qon ivishiga toʻsqinlik qiladi. Bular ichiladi, eritmalari toʻgʻri ichakka va venaga yuboriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые