ANTIGENLAR

ANTIGENLAR — maʼlum sharoitda immun javob berish va maxsus antitelolar ishlanib chiqishi, yot hujayralarni yemirib limfotsitlar hosil boʻlishi, immunologik holat yeki tolerantlik shakllanishiga sabab boʻladigan turli moddalar. Antigenlarning eng muhim xususiyati antigenlik va oʻziga xoslikdir. Xususiyatiga koʻra A. ning toʻla va qisman, shuningdek eriydigan (oqsillar yoki ular komplekslarining boshqa moddalar bilan suvdagi eritmasi), korpuskulyar (bakteriyalar, hayvon hujayralari), kuchli va kuchsiz, tabiiy va sunʼiy hamda getero-, izo, autoantigenlar farq qilinadi. Antigenlarni oʻrganish (ayniqsa toʻqimalar mutanosibligini) aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish, infeksion jarayonlarning rivojlanishi, shuningdek oʻsmalarni aniqlash va davolashda juda muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x