ANTIFILTRATSION QOPLAMALAR

ANTIFILTRATSION QOPLAMALAR, suv sizishiga qarshi qoplamalar — sugʻorish kanallari, hovuzlar, suv omborlari, turli gidroinshootlar tubi va yon bagʻirlarini qoplashda qoʻllaniladigan maxsus materiallar. Suvning sizishini bartaraf etish yoki kamaytirish maqsadlarida ishlatiladi. Suv inshootlari qurilishida qoplamalarning quyidagi asosiy zichlangan xillari qoʻllaniladi: grunt, yaxlit beton, yigʻma temir-beton, asfaltbeton, yaxlit yigʻma beton yoki zichlangan grunt katlami bilan himoyalangan polimer, polietilen va polivinilxlorid pardali ekran. Shuningdek, suv oʻtkazmaslik uchun gruntlarni mexanik shibbalash (shibbalangan gruntlar) va kanal oqiziqlari hamda muallaq zarrachalari yerdamida oʻzanni sunʼiy kolmataj kilish (kolmataj qilingan gruntlar) kabi usullar ham qoʻllaniladi. Aksariyat Antifiltratsion qoplamalar ikki va undan ortiq qavatli elementdan iborat boʻladi, ammo sharoitga qarab ularning har birini mustaqil qoʻllash mumkin. Antifiltratsion qoplamalarning koʻpi beton yoki temir-beton plitalardan quriladi; plitalar choki va oraligʻi neft hamda polimer mahsulotlaridan tayyorlanadigan maxsus elastik material — germetik b-n toʻldiriladi. Antifiltratsion qoplamalar Q, materiali tipi maxalliy sharoitlar (tuproq-grunt, relyef va b. ning tuzilishi) va inshootlarning vazifasiga qarab texnik-iqtisodiy hisoblar asosida tanlanadi (mas, tagi pardali yaxlit yigʻma beton 35 — 40 yil xizmat qiladi). Kanallarga qoplamalar yotqizish suvning sizishini 25 — 30% kamaytirishga, uning f. i. k. ni 0,91 —0,99 ga yetkazishga imkon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x