ANTENNA

ANTENNA (lot. antenna — hashorat moʻylovi) — elektromagnit toʻlqinlarini fazoga tarqatuvchi (uzatuvchi Antenna) yoki qabul qiluvchi (qabul qiluvchi Antenna) qurilma. Har qanday uzatuvchi Antennani qabul qiluvchi Antenna oʻrnida yoki, aksincha, qabul qiluvchi Antennani uzatuvchi Antenna oʻrnida ishlatish mumkin, chunki ularning hamma elektr xususiyatlari bir xil. Uzatuvchi Antenna uzatgich moslama energiyasini elektromagnit toʻlqinlari energiyasiga, qabul qiluvchi Antenna elektromagnit toʻlqinlari energiyasini yuqori chastotali tok energiyasiga aylantiradi. Bundan tashqari, uzatuvchi Antenna energiyani muayyan tekislik va yoʻnalishda tarqatish xususiyatiga, qabul qiluvchi Antenna turli yoʻnalishdan keluvchi toʻlqinlarni saralash xususiyatiga ega boʻladi. Qabul qiluvchi Antennaning bu xususiyati yoʻnalish boʻyicha tanlash deyiladi. Antennaning ishlash tarzi ochiqtebranish konturining elektromagnit toʻlqinlarini tarqatishiga asoslangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x