ANTANANARIVU

ANTANANARIVU (Tananarive) — Madagaskar Respublikasining poytaxti. Antananarivu provinsiyasining maʼmuriy markazi. Madagaskar o. ning markaziy qismidagi platoda joylashgan. Aholisi 802 ming kishi (1990). Mamlakatning iqtisodiy markazi. A. Tamatave porti va Ansirabe shahri bilan t. y. orqali tutashgan. Avtomobil yoʻllari tuguni. Antananarivudan 50 km narida xalqaro aeroport bor. Sanoati oziq-ovqat (goʻsht konservalash, sholi oqlash), charm poyabzal, kimyo, tikuvchilik, yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Un-t, tibbiyot va farmakologiya, adabiyot va sotsiologiya millim maktablari, FA, tarix va xalq sanʼati muzeylari, teatrlar, rasadxona, botanika bogʻi bor. Antananarivu 17-a. 1-yarmida bunyod etilgan. 17 — 19-a. larda Madagaskar qirollarining qarorgohi. 1895-y. da Antananarivuni Fransiya qoʻshinlari egallagach, Tananarive nomi b-n Fransiyaning Madagaskar mustamlakasi maʼmuriy markazi. 1960-y. 26-iyundan mustaqil Malagasi Respublikasining, 1975—92 y. lar Madagaskar Demokratik Respublikasining poytaxti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x