Anora — Sog’indim

Yonadi tunlari samoda yulduzlar,
Xayolim so’zlari misoli sadolar,
Qalbim orzulari yolg’onga aylanar
Sevmasam seni.

Berkingan baxtimni ko’roldim ko’zingda,
Jonimda borimni atadim o’zingga.
Ko’zlaring taboni elandi yonimga,
Sog’indim seni.

O’zga sayyoralarda bo’lsang ham
Baribir seni izlab topaman.

O’tmasa kunlari tilagimdagiday
So’nadi yuragim tollarning bargiday,
Sen mening keragim sahroga yomg’irday,
Bebaho yorim.

O’zga sayyoralarda bo’lsang ham
Baribir seni izlab topaman.
Garduniy manzillarda bo’lsang ham,
Baribir men ortingdan boraman.

(O’zga sayyoralarda bo’lsang ham
Baribir seni izlab topaman.)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x