ANOR, anorgul — anor koʻrinishidagi islimiy naqsh turi; kulollik, naqqoshlik, kashtachilikda keng qoʻllaniladi. Anor tasviri qadimdan toʻqchilik va toʻkin-sochinlikni ifodalagan. Anor gohida aynan oʻzi, gohida uslublashtirib ifodalanadi. Baʼzan uning kesimi va ichidagi donalari ham tasvirlanadi. Bunda idishning shakliga mos tushgan yorqin boʻyoqli naqsh nafis koʻrinadi, nur taʼsirida sir tovlanib, jonli manzara hosil boʻladi. Har bir bezakning shakli va qayerda ishlatilishi ustalarning noziq didiga bogʻliq. Anor tasviri xalq amaliy sanʼatining boshqa turlarida ham qoʻllaniladi. Jumladan Anor naqsh sifatida oʻzbek milliy toʻqimachiligida 19-a. ning 2-yarmida keng tarqaldi. Mac, dasturxon va sh. k. buyumlar guli anorsimon gul shaklida boʻyalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые