ANNABA

ANNABA (Bon) — Jazoirning shim.sharqidagi shahar, Annaba viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod. Transport yoʻllari tuguni. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Yirik savdo markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat (tamaki, vino, konserva, un tortish va b.), metallurgiya (al-Hajar majmuasi), metallsozlik, kimyo (ammiak, mineral oʻgʻitlar), toʻqimachilik sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Un-t bor. A. ning koʻhna qismida shahar qalʼasi (qasaba) va Sidi bu Meruan masjidi (1033) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x