ANGSTREM — uzunlik birligi; santimetrning yuz milliondan bir boʻlagiga, yaʼni 10-8 sm ga teng. A bilan belgilanadi. Optika, atom fizikasi, qattiq jismlar fizikasi va b. da qoʻllaniladi. Mas, kristall panjara doimiysi, rentgen nurining toʻlqin uzunligi, atom oʻlchamlari va b. A. bilan ifodalanadi. 1868-y. shved fizigi Angstrem Angstrem tomonidan qoʻllanilganligi uchun uning nomi bilan ataladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые