ANGKOR

ANGKORKambodja (Siyom Reap sh. yaqini)dagi hashamatli saroy, ibodatxona, suv ombori va kanallardan iborat majmua. 9—13-a. larda qurilgan (hozir tarixiy muzey — qoʻriqxona). Kambodja poytaxtidagi qad. shahar xarobasini oʻz ichiga olgan — Yashodxarapuri (9-a. oxiri) va Angkor Txom (12-a. oxiri — 1432; murabba tarhli, maydoni 9 km2. Markazida Bayon ibodatxonasi), asosi toshdan, yuqorisi yogʻochdan ishlangan saroylar, «gʻor ibodatxonalar» pogʻonali piramida koʻrinishida, shuningdek yirik Angkor Vat (taxm. 1113 — 50; mayd. 1300×1500 m) haykaltaroshlik bezaklariga boy. Bezaklardagi burtma tasvirlarda «Mahabharata» mazmunlari katta urin egallaydi, geometrik jihatdan mustahkam reja asosida qurilganligi b-n ajralib turadi. «Fop — ibodatxona» atrofi ravokuti ustunlar qatori va darvozaxonasi koʻshkli, burchaklari minora — burjli. Majmua tashqaridan kanal b-n oʻralgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x