DO`STLARGA ULASHING:
Android’da xotirani bo‘shatishning 3 oddiy usuli ??
1️⃣. WhatsApp va boshqa messenjerlar xotirasini bo‘shating
WhatsApp sizga yuborilayotgan barcha media fayllarni qurilma xotirasiga saqlaydi. Bunday fayllarni tozalash orqali keraklicha makon hosil qilish mumkin.
Fayl menejeri bo‘lmagan taqdirdagi ko‘rsatma:
1. “Галерея”ni oching
2. “WhatsApp images” bo‘limiga o‘ting
3. Keraksiz rasmlarni o‘chiring
Fayl menejeri bo‘lgan taqdirdagi ko‘rsatma:
1. Fayl menejerini oching, masalan ES Проводник
2. “WhatsApp Images” katalogiga o‘ting
3. “Sent” papkasini oching va uni fayllardan tozalang
2️⃣. Ichki xotirani rasm va videolardan bo‘shating
Media fayllar qurilma xotirasidan ko‘p joy egallaydi. Bu ularni ichki xotirada saqlash muammo tug‘dirishi mumkinligini anglatadi. Bunday muammolarni chetlab o‘tish uchun rasmlarni bulutli saqlash xizmatlaridan foydalaning. Bunday xizmatlardan biri – Google.Фото
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.android.apps.photos&hl=ru)Joyni tejash uchun fayllarni avtomatik bulutga uzatishni sozlab qo‘ying.
3️⃣. Download papkasini muntazam ravishda axlatlardan tozalang
Yuklab olingan rasm, audio, o‘yinlar, hujjatlar va fayllar — bularning barchasi qurilma xotirasini to‘ldirib turadi va qurilmada keraksiz yuk bo‘lib yotishi mumkin. Umumiy tozalash ishlaring o‘tkazing va joy bo‘shating.
1. “Настройки”ga o‘ting
2. “Память”ni oching
3. “Занято” bandini tanlang va “Загрузки”ga o‘ting
❗️Izoh: Bandlarning nomi farq qilishi mumkin
? Manba: @bugfeature