DO`STLARGA ULASHING:
Android’da ekran lupasini yoqish?
Ekran lupasi Android’da ekranning tanlangan sohasini kattalashtirish uchun ishlatiladi.
Ushbu funksiyani faollashtirish uchun quyidagi qadamlar amalga oshiriladi:
1️⃣ Все настройки → Специальные возможности menyusiga kirish.
2️⃣ Ushbu funksiyani Экранная лупа yoki Жесты увеличения bo‘limida yoqish.
✅ Shundan so‘ng ekranga uch marta tez bosish orqali masshtab kattalashadi.
✅ Agar shuning o‘zi kamlik qilsa, unda rasmni an’anaviy pinch-to-zoom (ikki barmoqda cho‘zish) harakati bilan kattalashtirish mumkin.
✅Ekranda bir vaqtning o‘zida ikki barmoq bilan yurgizish orqali kattalashgan ekran bo‘ylab o‘tish mumkin.
❗️Uch marta bosish orqali klaviatura va navigatsiya panelidan tashqari ekranning barcha sohalari kattalashadi.