ANDRADIT — granatlar guruhiga kiruvchi mineral. Boshqa granatlardan tarkibida kalsiy va temir borligi bilan farq qiladi. Birinchi marta topgan va tafsilotini yozgani uchun portugaliyalik mineralog olim dʻAndradning nomiga qoʻyilgan. Qoʻngʻir-qizil va yashilroq kristallardan iborat. Qattiqligi 6,5—7,5. S. ogʻ. 3,6. A. zargarlikda va uy jihozlari (mebel)ga sayqal berishda ishlatiladi. A. Oʻzbekistonning koʻp yerlarida skarn va metamorfik togʻ jinslarida uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые