ANDIJON MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

ANDIJON MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI — iqtisodchi va muhandislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Andijon sh. da. Toshkent davlat iqtisodiyot un-tining Andijon boʻlimi negizida 1992-y. da barpo qilingan Andijon iqtisodiyot va boshqaruv in-ti hamda Andijon muhandislar tayyorlash eksperimental oʻquv-i. ch. markazi negizida 1995-y. 5-iyunda tashkil topdi. In-t tarkibidagi kunduzgi «Boshqaruv», «Iqtisodiyot», «Mu-handislik» f-tlari va sirtqi f-tda 10 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar va 3 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 1999/2000 oʻquv yilida 3,5 mingdan ortiq talaba taʼlim oldi; 18 kafedrada 245 prof.-oʻqituvchi, jumladan 12 fan d-ri va prof., 75 fan nomzodi, dotsent ishladi. In-t aspiranturasida 20 ga yaqin aspirant tahsil olmoqda. In-t kutubxonasida 120 mingdan ziyod asar saqlanadi (2000). Iqtisodiyot va texnika-texnologiya sohalari boʻyicha ilmiy kadrlar ham tayyorlanadi. Ilmiy ishlar nashr etadi. 2000-y. gacha 11 mingdan ortiq mutaxassislar tayyorlandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x