ANDIJANSKAYA PRAVDA

«ANDIJANSKAYA PRAVDA» («Andijon haqiqati») — Andijon viloyati xrkimiyatining ijtimoiy-siyosiy gaz. Andijon sh. da rus tilida xaftada 2-marta chiqadi. Dastlab (1916-y. I iyulda) «Turkestanskiy golos» («Turkiston ovozi») nomi bilan nashr etilgan. Uni demokratik qarashlari bilan tanilgan Andijanskaya Pravda Chaykin oʻz mablagʻi hisobiga chiqargan (gaz. ga oʻzi muharrirlik qilgan). Gaz. Fargʻona vodiysidagi hayotni muntazam yoritib, Toshkent, Oʻsh, Petrograd, Moskva va b. shaharlardagi, shuningdek chet ellardagi voqealar bilan aholini tanishtirib borgan. Keyinchalik gaz. turlicha nomlangan (1918—21-y. larda «Izvestiya»). 1954-y. dan hoz. nomda. Gaz. da turli davrlarda R. A. Safarov, N. S. Korkin, P. P. Volkov, G. Kraynov, S. Beznosov kabi tanikli jurnalistlar faoliyat koʻrsatgan. 2000-y. 31-mayda «Andijanskaya pravda» tahririyati «Andijonnoma» gaz. tahririyatiga qoʻshildi. Gaz. viloyatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni, umuman Andijon aholisi hayotini izchil yoritib boradi. Adadi 2 mingga yaqin (2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x