ANDEZIT (And togʻlari nomidan) — effuziv oʻrta tof jinsi. Asosan plagioklaz, avgit va b. minerallardan hamda vulkan shishasidan tarkib topgan. Porfir va afir strukturali. Qad. va hoz. vulkanlardan oqib chiqqan lavali jinslarning asosiy qismini bazalt bilan Andezit tashkil qiladi. Kislotabardosh material, qurilishda ishlatiladigan tosh. Kamchatka, Kavkaz, Zakarpatye, Azov boʻyida hamda Oʻzbekistonda (Chatqol, Qurama, Qorjontov, Sulton Uvays togʻlarida) uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые