ANBARSOY

ANBARSOYSamarqand viloyati Xatirchi va Ishtixon tumanlari hududidagi soy. Shamolsoy va Chorvoqsoy nomlari bilan Oqtogʻning jan.-sharqiy yon bagʻridagi 1150 m mutlaq balandlikdan boshlanadi. Shamolsoy dastlab jan. ga tomon oqadi, Oqtosh togʻining sharqidan oʻtib Chorvoqsoy bilan qoʻshilgach, Zarbandsoy nomini oladi. Zarband darasidan chiqqandan soʻng, Anbarsoy deb ataladi. Toshqin paytlaridagina Okdaryoga yetib keladi. Anbarsoyning umumiy uz. 20,5 km. Anbarsoy vodiysining yuqori qismi tor boʻlib, chuqur daralardan oqadi, etaklarida esa atrofdagi adir va tekisliklarga qoʻshilib ketadi. Anbarsoy, asosan, yogʻin va buloqdan suv oladi. Suv yigʻadigan havzasining mayd. 60,2 km2. Zarband darasida oʻrtacha yillik suv oqimi 170 l/sek. Anbarsoyning suvi bahor oylarida koʻpayadi. Anbarsoy yoqasida qishloqlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x