ANAPLAZMOZ — qoramol va qoʻy-echkilarda uchraydigan surunkali kasallik. A. ni hayvon qonida parazitlik qiladigan Anaplasma marginale (qoramollarda), A. ovis (qoʻy-echkilarda) mikrobi qoʻzgʻatadi. Anaplazmoz qonni mikroskopda tekshirish yoʻli bilan aniqlanadi. Hayvon kasallikka yoz va kuz boshida koʻproq chalinadi. Kasallikni qon soʻruvchi soʻna va kanalar tarqatadi. Kasallangan hayvon immunitet hosil qiladi va uzoq vaqt anaplazma manbai boʻlib qoladi (qoramollar 14, qoʻylar 5 yilga qadar). Anaplazmoz anpgibiotiklar (tetratsiklin), shuningdek delalgil (qoramolga), V12 vitamini bilan davolanadi, oson hazm boʻladigan ozuqa, mikroelementlar, koʻp suv beriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые