ANAPA — RF Krasnodar oʻlkasidagi shahar (1846-y. dan), Qora dengiz sohilidagi bolalar iqlimiy va shifobaxsh balchiq bilan davolovchi kurort. T. y. stansiyasi. Aholisi 56,7 ming kishi (1992). Iqlimi iliq. Yillik oʻrtacha t-ra 11,6°, yozi issiq. Shahar atrofida tokchilik rivojlangan. Anapada q. x. texnikumi, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalaridan yigiruv-toʻquv f-kasi, oʻlkashunoslik muzeyi, sanatoriylar, dam olish uylari, ona va bolalar pansionatlari bor. Mil. av. 4 — 3 – a. larda Anapa oʻrnida — Gorgippiya antik shahri boʻlgan. Anapa arxeologik qazishlar oʻtkazilgan joy — ochiq osmon ostidagi muzey.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые