ANALOG-RAQAMLI HISOBLASH MASHINASI

ANALOG-RAQAMLI HISOBLASH MASHINASI — analog va raqamlihisoblash mashinalarining qismlari (bloklari)dan tashkil topgan qurilma. Mashina oʻzgaruvchilari raqamli va analog (uzluksiz) koʻrinishda ifodalanadi. Analog va raqamli EHMlarning kamchiliklarini bartaraf etish, ularning afzalliklarini birlashtirish maqsadida oʻtkazilgan izlanishlar natijasida bitta hisoblash tizimi — gibrid hisoblash mashinasi yaratilgan. Bu kompleksning raqamli qismi — raqamli elektron hisoblash mashinasi (REHM) asosida quriladi. Markaziy boshqaruv qurilmasi mashinaning ayrim qismlari — analog-raqamli oʻzgartirgich (AROʻ), raqam-analogli oʻzgartirgich (RAOʻ) va AEHM oʻrtasidagi bogʻlanishni zarur aniqlik va ketma-ketlikda taʼminlaydi. A.-r. h. m. matematik va mantiqiy amallarni bajarishda hamda mashina koʻrsatkichlarini bir shakldan ikkinchi shaklga oʻtkazishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x