AMUDARYO XAZINASI

AMUDARYO XAZINASI, «Oʻkuz xazinasi» — mil. av. 4—2-a. larga oid zargarlik buyumlari majmuasi. 1877-y. Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish yerida, Taxtiqubod kechuvi yaqinida topilgan, 179 oltin va 7 kumush buyum hamda oʻsha davrlarda zarb qilingan 1500 ta kumush va chaqa (asosan mil. av. 4-a. oxiri — 2-a. boshi) tangadan iborat. Oltin zeb-ziynatlar, bilaguzuk, uzuk, zirak, marjon, boʻyintumor, toʻqa va muhrlar hamda odam, kiyik, echki, gʻoz, baliq va b. jonivorlarning quyma oltin haykalchalari, shuningdek, oltindan yasalgan ot-aravacha, jomchalar bor. Buyumlarni turli davr ustalari ishlagan boʻlib, axomaniylar, mahalliy yunonbaqtriya va saklar madaniyatiga mansub. Oltin va kumush tangalarga makedoniyalik Iskandar, salavkiylar hamda YunonBaqtriya davlati hukmdorlari Diodot va Yevtidemlar nomlari zarb qilingan. Ular Afgʻoniston va Xindiston orqali Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan. Buyumlardagi naqshlar va quyma haykalchalar skiflarning «podsho maqbaralari»dan topilgan oltin va kumush buyumlardagi jangchi va hayvon tasvirlariga oʻxshab ketadi. Bu Gerodotnit «saklar Qora dengiz boʻylarida yashovchi skiflar bilan yaqin» degan maʼlumotini tasdiqlaydi. Amudaryo xazinasi Kichik Osiyo, Eron va Turonni qamrab olgan ulkan hududda mil. av. 5—3-a. larda yashagan xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan nodir yodgorlikdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x