AMUDARYO BOʻLIMI

AMUDARYO BOʻLIMITurkiston general-gubernatorligi tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik (1873—1917). Rus podsho hukumati Xiva xonligini boʻysundirgach (1873), Amudaryoning soʻl qirgʻogʻida yashovchi qoraqalpoqlar xonlik tarkibida qoldi, oʻng qirgʻogʻidagilar esa rus davlatiga tobe qilindi. Bu joyda 1873-y. da Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Amudaryo okrugi, 1874y. dan Amudaryo boʻlimi tashkil etiddi. 1886-y. ga kelib, Amudaryo boʻlimi Sirdaryo viloyatiga kiritildi. Boʻlim hududida 95 ming qoraqalpoq, 55 ming oʻzbek, 40 ming qozoq va 16 ming turkman istiqomat qilgan. Amudaryo boʻlimi Shoʻroxon va Chimboy degan ikki qismdan iborat boʻlib, Biybozor, Toʻrtkoʻl, Tomdi, Shayx Abbos Vali, Mingbuloq, Soriboy, Chimboy, Nukus, Davqaron, Ishim, Naupir, Koʻkkoʻl, Qoʻngʻirot, Toldi va Kegayli (boʻlis)larni oʻz ichiga olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x