AMU-QORAKOʻL KANALI

AMU-QORAKOʻL KANALIBuxoro viloyatidagi kanal. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida Yumalandi qirlari etagidan boshlanadi. 1963-y. da qurilgan. Uz. 55 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 48 m3/s Buxoro viloyatining Olot, Qorakoʻl tumanlaridagi 50 ming ga yaqin yerni sugʻoradi. Suv daryodan maxsus qazilgan 2,8 km uzunlikdagi kanal orqali bosh rostlagich qurilgan joyga oqib keladi va nasos st-yalari bilan koʻtarib beriladi. Kanal bosh rostlagichdan Olot nasos st-yasigacha (36 km masofada) tubining eni 5—6 m boʻlgan qad. daryo oʻzanidan oʻtadi, Olot sh. ni kesib oʻtib, choʻlning qumli barxanlari orasidan davom etadi. Olot nasos st-yasida suv 8,2 m. balandlikka koʻtarib beriladi. Amu-qorakoʻl kanali — Q. k. Qorakoʻl nasos styasi bilan tugaydi (unga suv keladigan 16,2 km uzunlikdagi kanal sugʻoriladigan hududdan oʻtadi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x