AMSTERDAM

AMSTERDAMNiderlandiya poytaxti. Amstel daryosining quyilish yerida joylashgan. Amsterdam mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, aholisi soniga koʻra eng katta shahri, yirik dengiz porti (yuk oboroti 20 mln. t. dan ortiq). Aholisi 724 ming kishi (1994; shahar atrofi b-n 1 mln. dan ziyod). Sxipxol aeroporti xalqaro ahamiyatga ega, yirik t. y. tuguni. Metropoliten qurilgan. Amsterdam «Shimoliy Venetsiya» degan nom bilan ham mashhur. Amstel daryosi va uning tarmoqlari hamda ularni tutashtirib turgan kanallar shaharni qismlarga boʻlib yuborgan. 400 dan ortiq koʻprik mavjud. Shaharning qad. uylari yirik qoziqlar ustiga qurilgan. Shahar yilnomalarda dastlab 1275-y. da tilga olingan. 17-a. da savdo va kredit berishning jahon ahamiyatiga molik markazi boʻlgan. 1795—1806-y. larda Bataviya Respublikasining, keyinroq Niderlandiya Qirolligining poytaxti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x