AMPLIDIN (lot. amplisico — kuchaytiraman va yun. dumanis — kuch) , elektr mashina kuchaytirgich i — birlamchi chulgamga beriladigan signal quvvatini birlamchi dvigatel energiyasi hisobiga kuchaytiruvchi elektr mashina (oʻzgarmas tok generatori). Uygʻotish zanjirida quvvatning kichik (Vt ulushida) oʻzgarishi tok zanjiridagi quvvatning ancha (bir necha kVt) oʻzgarishiga olib keladi. Amplidin oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok generatorining kuchlanishini rostlashda, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlarida keng ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые