AMORF HOLAT — moddaning kondensatlangan holati. Atom va molekulalar tartibsiz joylashganligi tufayli moddaning fizik xossalari izotrop (barcha yoʻnalishlarda bir xil) boʻlishi b-n ifodalanadi. Moddaning kristall holatidan farqli ravishda bunda qattiq Amorf holatdan suyuq holatga oʻtish asta-sekin yuz beradi. Bitum, qahrabo, smola — tabiiy Amorf holatda, oddiy shisha, eritilgan kvars, bakelit — sunʼiy holatda uchraydi. Kristallar aniq t-rada eriydi. Amorf jismlarda esa qizdirish natijasida ularning yumshoqligi ortadi, qovushoqligi kamaya boradi. Oddiy shishalar uchun bunday holat 500—1000° da davom etadi. Gaz va suyuqlik holatlarini ham Amorf holatga oʻxshatish mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые