AMMIAK — azotning vodorod bilan hosil qilgan eng oddiy birikmasi; oʻtkir hidli, rangsiz, zaharli gaz, kaynash t-rasi 33,35°, suyuklanish t-rasi — 77,7°. 1 l A. ning ogʻirligi 0,7713 g, suvda yaxshi eriydi. Ammiakning suvdagi eritmasi kuchsiz asos. U tabiatda sof holda nihoyatda oz miqdorda uchraydi, azotli organik moddalarning parchalanishidan hosil boʻlib turadi. Ammiak toshkoʻmirni quruq haydashda qoʻshimcha mahsulot sifatida olinadi, ammo, asosan, azot bilan vodoroddan sintetik usulda hosil qilinadi: N2=3H2 2NH3=22 kkal, reaksiya faollovchi oksidlar (A12O3, KjO, CaO, SiO2, goho MgO) yordamida suyuqlantirilgan Fe,O4 dan qaytarish usuli bilan olingan temir (katalizator) ishtirokida, 300—1000 atm bosim va 500—550° t-rada olib boriladi. Lab. da ammoniy tuzlaridan olinadi. Ammoniy tuzlari, mas, (NH4)2SO4, NH4NO3 ishqoriy metall tuzlariga oʻxshaydi, lekin ishqorlar taʼsir etganida Ammiak ajralib chiqadi. Ammiakning suvdagi eritmasi novshadil spirtdir. Ammiak asosan nitrat kislota olishga sarflanadi. Ammiak ham, ammoniy tuzlari singari q. x. da oʻgit sifatida ishlatiladi. Undan sovituvchi vosita sifatida ham foydalaniladi. A. Oʻzbekistonda — Chirchiq, Fargʻona va Navoiy kimyo k-tlarida sintez qilinadi, buning uchun lozim boʻlgan azot havodan, vodorod esa Buxoro tabiiy gazidan konversiya usuli bilan olinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые