DO`STLARGA ULASHING:
⚡️“Amirsoy” togʻ-changʻi kurortida narxlar qanaqa?
21-dekabr kuni Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi Amirsoy kurorti rasman ishga tushdi.
Kurortni qurish ishlari bilan Yevropalik mutaxassislar shug’ullangan va umumiy xarajat $100 mln ligi ma’lum.
— Kurort ko’targichlari va trassalaridan foydalanish narxi 22 ming so’mdan 220 ming so’mgacha.
— Tog’ga ko’tarilish uchun kanat yo’lidan foydalanish narxi esa 24 ming so’mdan 65 ming so’mgacha.
Narxlar yosh bolalar va kattalar uchun, hamda mavsum vaqtlariga ko’ra farqlanadi.
Bundan tashqari kurortda 4-8 kishilik 40 ta maxsus uylar ham mavjud bo’lib, bir kunlik narxlari 4 mln so’mdan 12 mln so’mgacha farq qiladi.
@NarxiQancha | Manba (https://www.gazeta.uz/ru/2019/12/21/amirsoy/)