Tarjimai hol
Amir Sayid Sharif Rahim Samarqandiy (XVII-XVIII asrlar) — O‘rta osiyo tarixchisi. Ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgan, bir qancha tillarni bilgan. Rahim tahallusi ostida fors tilida she’rlar yozgan.
Tahminlarga ko‘ra, 1680 yili forsiyda yozilgan “Tarix-i Sayid Rahim” nomli O‘rta Osiyo nasl-nasab jadvali majmuasi aynan Samarqandiy tomonidan qayta ishlangan.
To‘plamda muhim sanalar xronologiyasi, taniqli shaxslarning tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, janglar va boshqalar keltirilgan.
Asar O‘rta Osiyo va Qozoqistonning tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.