AMIR MASTI QOBUZIY (15-a. oxiri, Hirot — 16-a. boshlari, Buxoro) — sozanda, bastakor, hofiz. Abdurahmon Jomiyning shogirdi. Amir Masti Qobuziyning gʻoyat xushovoz ekanligini payqagan Jomiy, unga moslab «Imoma» nomli maxsus naqsh bastalagan va bu asarni ijro etish yoʻllarini Amir Masti Qobuziyga oʻrgatgan. Darvish Alining «Tuhfat us-surur»ida bayon etilishicha, Amir Masti Qobuziy keyinchalik Hirotdan Buxoroga koʻchib oʻtgan. Bu yerda u Buxoro hofizlariga ustozlik qilgan. Buxoroning Shayx Ahmad, Hofiz Maxmud, Nasafiy, Hofiz Turdi, Hofiz Qosim, Hofiz Xasan Darbozai Obiy, Hofiz Poyondai Muhammad singari mashhur sanʼatkorlari Amir Masti Qobuziyning shogirdlari.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые